
Foto: IBA
2025 yilning 6 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Ushbu kechada superog‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tariladi. Unga o‘sha kuni fransiyalik Devid Spilmont raqiblik qiladi. Top Rank promouterlik kompaniyasi jangni rasman tasdiqladi. Bahodir Artur Biyarslanov va Mohamed Mimun o‘rtasidagi markaziy jangning anderkardida ringga chiqadi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. So‘nggi jangini 2023 yil 17 noyabr kuni Toshkentda JAR vakili Kris Tompsonga qarshi o‘tkazib, ilk raunddayoq nokaut orqali zafar quchgandi.
Uning bo‘lajak raqibi Devid Spilmont esa shu kungacha 27 ta jang o‘tkazib, 16 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. G‘alabalarining 11 tasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar