19:45 / 29.11.2024
3

Rossiya terma jamoasi O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynashi kutilmoqda

Rossiya terma jamoasi O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynashi kutilmoqda
FIFA tashkiloti o‘zining rasmiy saytida Yevropa mamlakatlari terma jamoalarining 2026 yilgi jahon chempionati mintaqaviy saralash turniri qur’a tashlash marosimi uchun ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, terma jamoalar quyidagi ko‘rinishda savatlarga ajratildi:

1-Savatcha: Fransiya, Ispaniya, Angliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Xorvatiya, Shveysariya, Daniya va Avstriya.

2-Savatcha: Ukraina, Shvetsiya, Turkiya, Uels, Vengriya, Serbiya, Polsha, Ruminiya, Gretsiya, Slovakiya, Chexiya va Norvegiya.

3-Savatcha: Shotlandiya, Sloveniya, Irlandiya, Albaniya, Shimoliy Makedoniya, Gruziya, Finlyandiya, Islandiya, Shimoliy Irlandiya, Chernogoriya, Bosniya va Gersegovina, Isroil.

4-Savatcha: Bolgariya, Luksemburg, Belarus, Kosovo, Armaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Estoniya, Kipr, Farer orollari, Latviya va Litva.

5-Savatcha: Moldova, Malta, Andorra, Gibraltar, Lixtenshteyn va San-Marino.

UYEFA saralash bosqichi 2025 yilning martidan boshlanadi va noyabr oyida yakunlanadi. Jami 12 ta guruh tashkil qilinadi, ulardan 4-5 terma jamoa bo‘ladi va guruh g‘oliblari to‘g‘ridan to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Bu bosqichga qur’a 13 dekabr kuni tashlanadi.

Yana to‘rtta o‘rin sohiblari 2026 yilning martida 16 ta mamlakat terma jamoasi ishtirokidagi saralash o‘yinlarida aniqlanadi.

E’tiborli jihati shundaki, FIFA rahbariyati 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri ishtirokchilari qatoriga Rossiya terma jamoasini kiritmadi.

Sport24 portalining ma’lum qilishicha, Rossiya terma jamoasi kelasi yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo mamlakatlari terma jamoalari bilan kuch sinashishi kutilmoqda.

Manbaga ko‘ra, 2025 yilning 1-9 sentyabr kunlari Markaziy Osiyo mintaqasining O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Turkmaniston hamda taklifga ko‘ra yana ikkita terma jamoa ishtirokidagi turnir tashkil etiladi.

Taklif etiladigan terma jamoalardan biri aynan Rossiya bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar tufayli Rossiya terma jamoalari va klublari UYEFA hamda FIFA shafe’ligida tashkil etilayotgan musobaqalardan chetlatilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya futbolchilar bilan 2022 yilning noyabr oyida o‘zaro kuch sinashib, Toshkentdagi o‘yinda hisob ochilmagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynashi kutilmoqda