Taniqli hindistonlik shaxmatchi grossmeyster Gukesh Dommaraju o‘z psixologining yordami haqida fikr bildirdi.
"Men Peddi bilan so‘nggi bir necha oy davomida ushbu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman va birinchi navbatda shuni aytishim kerakki, bu haqiqiy zavq bo‘ldi. Biz ko‘p gaplashdik va u turli yondashuvlardan foydalangan holda o‘yinga ham ruhiy, ham jismonan tayyorlanishimga katta yordam berdi. O‘yin tugagandan so‘ng barcha tafsilotlar haqida gapirish qiziqarli bo‘lishi mumkin, ammo hozircha shuni aytishim mumkinki, bizning birgalikdagi ishimiz nafaqat zavqli, balki tayyorgarligim uchun ham nihoyatda muhim bo‘ldi."
18 yoshli hindistonlik shaxmatchi xitoylik grossmeyster Ding Lijenga qarshi bo‘lib o‘tadigan jahon chempionligi uchun o‘yinga tayyorgarlikni mashhur sport psixologi Peddi Aptonni taklif qilish orqali kuchaytirishga qaror qildi.
Hindiston kriket jamoasiga 2011 yilda Jahon kubogini yutishda yordam bergan va Hindiston xokkey jamoasini Parij Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritishda katta hissa qo‘shgan Apton Gukesh bilan o‘yinlar davomida ruhiy kuch va konsentratsiyasi ustida ishlaydi.
Ma’lumot uchun, "Klassik Jahon Chempionati 2024" doirasida Gukesh hamda Din Lijen o‘zaro bahs olib bormoqda.
Hozirga qadar mazkur shaxmatchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 6 ta bahsda tomonlar bir marotabadan zafar quchgan. Qolgan 4 o‘yinda esa durang qayd etilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Koreyadagi harbiy holat: hozirgacha nimalar ma’lum?
Andijonda ikki firibgar yigirmadan ortiq ta’lim va tibbiyot xodimlarini chuv tushirdi
Suriyadagi isyon: hukumat qo‘shini Halabdan chekindi, Rossiya aviatsiyasi shaharni bombalamoqda
Abdurauf Fitratning qamoqdagi xotini...
AQSH yadro qurolini Ukrainaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti