Ruben Amorim “Manchester Yunayted”ning eng nozik nuqtasini topdi

Ruben Amorim “Manchester Yunayted”ning eng nozik nuqtasini topdi
Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim yangi jamoasining imkoniyatlari va kamchiliklarini o‘rganib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik mutaxassis ayni paytda jamoaning eng nozik nuqtasi hujum markazi va chap qanot himoyasi ekanini aniqlagan.

Amorim himoyaning chap qanotini mustahkamlash uchun uch nafar futbolchi tanladi. Ro‘yxatga “Bavariya” bilan shartnomasi tugayotgan Alfonso Devis, “Milan”dan ketmoqchi bo‘layotgan Teo Ernandes va “Bornmut”dagi o‘yinlari bilan grand klublar nazariga tushgan Milosh Kerkez kiritildi.

Asosiy hujumchi vazifasini bajarish uchun taklif etiladigan hujumchilar yanada nomdor. Amorim oldingi chiziqdagi muammolarni PSJdan Randal Kolo-Muani, “Ayntraxt”dan Umar Marmush, “Bayer”dan Viktor Bonifase va hozir ijara asosida “Galatasaroy”da o‘ynayotgan “Napoli” vakili Viktor Osimxendan birini olib kelish orqali hal qilmoqchi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar