date
views 69

Mahmud Muradovning raqibi "Monstr"... hamyurtimiz esa undan har jabhada ustun

Mahmud Muradovning raqibi "Monstr"... hamyurtimiz esa undan har jabhada ustun
Xabaringiz bor, bugun 7 dekabr kuni o‘zbekistonlik birinchi UFC jangchisi bo‘lgan Mahmud Muradov navbatdagi jangini o‘tkazadi. U britaniyalik Norman Park bilan "Fame 23" turnirida jang qiladi. Ushbu jang o‘rta vazn (83,9 kg) da bo‘lib o‘tadi.

Albatta, mazkur qarama-qarshilikning mohiyati biroz o‘zgacharoq, ya’ni ko‘rgazmali tarzda o‘tadi, degan ma’lumotlar bo‘lsa-da, biz raqib borasida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.

Demak, Norman Park 36 yoshda, u 1987 yil tavallud topgan. U yengil vazn (70,3 kg) toifasidan boshlab, yarim og‘ir vazn (93) toifasida ham janglar o‘tkazgan. Asosiy zarbani chap qo‘lida yo‘llaydi. Yaxshigina zarbasi bor. "Teyk-daun"lardan ham himoyasi zo‘r qo‘yilgan. Bunga hozirda UFCning yengil vazn (70,3 kg) toifasining TOP jangchilaridan biri polshalik Mateush Gamrot bilan KSW ligasidagi jangini tomosha qilsangiz, amin bo‘lasiz.

Faoliyatida 32 ta g‘alaba, 7 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. UFC da 9 ta jang o‘tkazgan va ularning 5 tasida g‘alaba qozongan. 3 mag‘lubiyat va bir durang. UFCdagi 3 mag‘lubiyatini Gleysen Tibau, Fransisko Trinaldo va Rustam Xabilovdan qabul qilib olgan.

Koling Fletcher, Kazuki Tokudame, Naoyuki Kotani, Jon Tuk, Reza Madadi esa taslim etilgan. Durang esa Leanardo Santos bilan jangda qayd etilgan. Umumiy g‘alabalarining 5 tasini nokaut bilan 12 tasini "sabmishn", 15 tasini ochkolar evaziga qo‘lga kiritgan. Norman hozirda 7 ta g‘alabali seriya qayd etib kelmoqda.

Qiziq jihati u Mateush Gamrot bilan uch bora to‘qnash kelgan. Ikki marotaba Gamrot zafar quchgan bo‘lsa, bitta jang natijasi bekor qilingan. Xullas yurtdoshimizning bu safargi raqibi oddiy jangchi emas. Biroq, Muradov undan har tomonlama ustun.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Muradovning raqibi "Monstr"... hamyurtimiz esa undan har jabhada ustun