
Foto: Olympic.uz
Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha «Katta dubulg‘a chellenjer» turniri yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Jasurbek Jaysunov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Barcha bellashuvlarda raqiblaridan mahorat bobida ustun ekanini ko‘rsatgan Jaysunov finalda ham mezbon sportchiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va kelasi yil o‘tkaziladigan asosiy musobaqa ishtirokchisiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi kungi bahslarda Shuhrat Salayev (+80 kg) kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Endi hamyurtlarimiz ertaga o‘tkaziladigan jamoaviy dasturdagi jahon kubogining finalida ishtirok etishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar