date
views 135

Osiyo chempionati. Feruza Kazakova kambek amalga oshirib, Osiyo chempioniga aylandi

Osiyo chempionati. Feruza Kazakova kambek amalga oshirib, Osiyo chempioniga aylandi
Tailandda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bahslari davom etmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan ikkinchi finalchimiz 52 kg vazn toifasidagi Feruza Kazakova ukrainalik Svitlana Umanskaga qarshi bahs yuritdi.

1-raundda Kazakova faol harakat qilgan bo‘lsa-da, raqib dastlabki raundni o‘z foydasiga hal qildi. Biroq ikkinchi raundda ustunlik vakilamiz tarafida bo‘ldi va bu raundni to‘liq o‘ziniki qildi. 3-raundga kelib, ukrainalikni bir bor nokdaun holatiga tushirgan yurtdoshimiz Feruza Kazakova yakunda g‘alaba qozonib, chempionatning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionati. Feruza Kazakova kambek amalga oshirib, Osiyo chempioniga aylandi