
Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan UFC jangchisi Sharabutdin Magomedovning murabbiyi Gor Azizyan 2025 yildagi rejalar haqida aytdi.
“Biz yiliga uchta jang o‘tkazishni ko‘zlaganmiz. Sharabutdin fevral boshida Maykl Peyjga qarshi bahsdan so‘ng tanaffus qilib, uch oy dam oladi. Chunki u oilasi bilan ham vaqt o‘tkazishi kerak” — deya Azizyanning so‘zlarini keltirdi "MMA.Metaratings.ru".
Eslatib o‘tamiz, 2 fevral kuni Ar-Riyoddagi "UFC Fight Night 250" turnirida Magomedov britaniyalik Maykl Peyjga qarshi oktagonga ko‘tariladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar