date
views 134

Yosh darvozabonni qoʻshnisi otib tashladi...

Yosh darvozabonni qoʻshnisi otib tashladi...
Illyustrativ foto
Kecha Urugvay futbolida mudhish voqea yuz berdi. “Montevideo Siti” jamoasining 14 yoshli darvozaboni Geral Froste halok boʻldi.

El Pais nashrining ma'lum qilishicha, Froste qoʻshnisi bilan urishib qolgan. Janjal vaqtida qoʻshnisi futbolchiga oʻqotar quroldan oʻq uzgan.

Buning natijasida Geral koʻkrak va qorin qismidan olgan jarohati oqibatida hayotdan koʻz yumgan.

Bu mudhish voqea 25 dekabr kuni tunda Montevideo shahrining Plasido Ellauri tumanida roʻy bergan.

Politsiya futbolchining qoʻshnisini qoʻlga oldi. Bungacha olti marotaba sudlangan shaxs qotillikni oʻz boʻyniga oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yosh darvozabonni qoʻshnisi otib tashladi...