
“Barselona” futbolchisi Lamin Yamal Argentina va “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi haqida gapirdi.
“Messining oʻyin uslubida uning hamma narsani osonlik bilan bajarishi meni koʻproq hayratga soladi. Qanchalik yaxshi oʻyinchilar boʻlmasin, menimcha, unga oʻxshagan hech kim yoʻq. Faqat bitta Messi bor”, deya Yamalning soʻzlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Ma'lumot uchun, Yamal 2023 yildan beri “Barselona”ning asosiy jamoasida oʻynamoqda. Futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha moʻljallangan. Ayni damda futbolchining transfer qiymati 150 million evroga baholanmoqda.
Avvalroq “Barselona” vingeri Lamin Yamal toʻpigʻidan jarohat olgani haqida xabar berilgandi. Klub futbolchiga toʻliq tiklanib olguncha vaqt beradi.
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi Amerika klubini tark etib, “Manchester Siti”ga oʻtishi mumkinligi aytilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar