AQShning Nyu-York shahrida shaxmat boʻyicha rapid va blits yoʻnalishlari boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Ayollar oʻrtasidagi dunyo birinchiligida yagona vakilamiz Afruza Hamdamova (2188) yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Yoshlar oʻrtasida ikki karra jahon chempioni boʻlgan Afruza 8 imkoniyatdan 5,5 ochko jamgʻarib, qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra 15-oʻrinni egallab turibdi. Toʻqqizinchi pogʻonadagi xitoylik grossmeyster Tan Jong Yi (2502) hisobida ham 5,5 ochko bor.
Hamdamova kecha tunda oʻtkazilgan 4 ta turda 2 gʻalaba, 1 durang va 1 magʻlubiyat qayd etdi. Afruza 7-turda qora donalarda oʻynaganiga qaramay,ikki karra jahon chempioni, blits yoʻnalishida amaldagi jahon chempioni rossiyalik Valentina Gunina (FIDE, 2388)ni magʻlub etishni uddaladi. U 8-turda qozogʻistonlik grossmeyster, blits yoʻnalishida ikki karra jahon chempioni Bibisara Assaubaeva (2444) bilan durang oʻynadi. Beshinchi turda ruminiyalik Irina Bulmaga (2378)dan ustun keldi.
Turnir jadvalida 8 imkoniyatdan 6,5 ochko jamgʻargan xitoylik Ju Venjun (2536) qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Netanyaxuning rafiqasi guvohlarni ta'qib qilishda ayblanmoqda
Yaman husiylari Tel Aviv aeroportiga hujum uyushtirdi
Messining oʻyinidagi qaysi jihat Yamalni hayron qoldirgan?
Seul: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana qoʻshin joʻnatishga tayyorlanmoqda
100 nafar falastinlik vaqtincha Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi
Abbosbek Fayzullaev: “Jirona”ni tanlayman...
Husiylar hujumi Misrga 7 mlrd dollar zarar keltirdi
Muhammad Salohning qaysi harakati uchun misrliklarning tanqidlari "yomgʻiri yogʻildi"...?