10:10 / 31.12.2024
63

Jahon chempionati. Shaxmatchilarimiz ishtirokini erta yakunlashdi

Jahon chempionati. Shaxmatchilarimiz ishtirokini erta yakunlashdi
AQShning Nyu-York shahri mezbonlik qilayotgan shaxmatning rapid va blis yoʻnalishlari boʻyicha jahon chempionati yakunlanmoqda.

Jahon chempionatining blis, ya'ni tezkor shaxmat bahslarida saralash bosqich uchrashuvlari yakunlanib, pley-offga yoʻl olgan shaxmatchilar ma'lum boʻldi.

Afsuski, blis grossmeysterlarimiz uchun omadsiz keldi. Oʻtkazilgan 13 ta partiyada eng yaxshi natijamiz 8 ochko va 36-oʻrin boʻldi.

Erkaklar oʻrtasidagi musobaqada Shamsiddin Vohidov (2593) 13 imkoniyatdan 8 ochko jamgʻarib, qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra 36-oʻrinni egalladi.

Javohir Sindarov (2628) va Nodirbek Abdusattorov (2707) ham 8 ochkodan toʻplashdi. Ular mos ravishda 37 va 39-pogʻonalardan joy olishdi.

Jahongir Vohidov (2546) 7,5 ochko bilan 57, Muhiddin Madaminov (2471) esa 6,5 ochko bilan 87-oʻrin bilan kifoyalandi.

Ushbu natija uchun Shamsiddin Vohidov, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov 1562 AQSh dollari miqdorida pul mukofotini qoʻlga kiritishdi. Jahon chempionatining umumiy mukofot jamgʻarmasi 1 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

Oʻn uch tur yakunlariga koʻra Top-8`talikka kirgan shaxmatchilar pley-off bosqichiga yoʻl olishdi. Bu grossmeysterlarning bari 9,5 tadan ochko jamgʻarishdi. Qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra, FIDE bayrogʻi ostida harakat qilayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiy birinchi oʻrinni egalladi. Kuchli sakkizlikka rapid bahslarida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan 18 yoshli rus shaxmatchisi Volodar Murzin yakun yasab berdi.

Bugun 1/4, 1/2 hamda hal qiluvchi final bahslari oʻtkaziladi.

1/4 final juftliklari:
1. Yan Nepomnyashiy (FIDE) - Volodar Murzin (FIDE)
2. Uesli So (AQSh) - Alireza Firuzja (Frantsiya)
3. Fabiano Karuana (AQSh) - Yan-Krishtof Duda (Polsha)
4. Magnus Karlsen (Norvegiya) - Xans Niyemann (AQSh)

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport