date
views 428

"Nasaf" klubi legioneri "ajdarlar" bilan xayrlashdi...

"Nasaf" klubi legioneri "ajdarlar" bilan xayrlashdi...
"Nasaf" yarim himoyachisi Jaba Jigauri "ajdarlar" bilan xayrlashganini ma'lum qildi.

"1,5 yil va 4 sovrin! "Nasaf" jamoasi va uning muxlislariga hammasi uchun rahmat! Koʻrishguncha va omad!", – deya yozib qoldirdi gruziyalik xavbek.

32 yoshli futbolchi oʻtgan mavsum 29 oʻyinda qatnashib, 4 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan edi.

Avvalroq Jaba Jigauriga OKMK tomonidan qiziqish boʻlayotgan edi. Ma'lum boʻlishicha, u faoliyatini "Qizilqum"da davom ettirishga yaqin turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" klubi legioneri "ajdarlar" bilan xayrlashdi...