Italiyada ham qishki transferlar oynasi ochilgan. Odatda, transfer davrining dastlabki kunlarida klublar oʻzlari koʻzlagan oʻyinchilarni transferini amalga oshirish imkoniyatlarini chamalab koʻradi va bu harakatlar transferlar oynasi oxiriga borib rasmiylashtiriladi.
Yanvar oyida Eldor Shomurodov ham boshqa klubga koʻchib oʻtishi kutilmoqda. Aslida 29 yoshli legionerimiz yozda jamoasini oʻzgartirishi kerakligi aytilgandi. “Roma”ning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Daniele de Rossi kutilmaganda oʻzbek legioneri boʻyicha qarorini oʻzgartirib, uni jamoada olib qoldi.
Afsuski, rimlik murabbiyning oʻzi tezda iste'foga chiqarildi. Keyin kelgan bosh murabbiylar – Ivan Yurich va hatto Eldorning imkoniyatlarini yaxshi bilgan Kluadio Raneri ham boshqa hujumchilar bilan oʻynashni ma'qul koʻrdi.
Shomurodov darajasidagi futbolchi jamoasiz qolmasligi aniq. Saudiya Arabistoni klublari uni anchadan beri oʻz safiga chorlab keladi. Lekin hamyurtimizga oʻzi koʻnikkan A Seriyadan ham qiziqishlar bor.
Hozirgacha A Seriyada qolish uchun kurashayotgan “Kalyari”, “Komo”, “Venetsiya”, oʻrtamiyonalar safida borayotgan “Empoli”dan qiziqish boʻlgandi. Endi yana bir nomdor klub Eldorga ogʻiz solayotgani haqida ma'lumot tarqaldi.
SkySport nashrining italiyalik jurnalisti Rudi Galetti Turinning “Torino” klubi “Roma”da etarli darajada oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotgan Eldor Shomurodovni oʻz tarkibiga qoʻshib olmoqchi.
Manbaga koʻra, “Torino” rahbariyati boshqa da'vogarlardan farqli ravishda oʻzbek hujumchisi transferini toʻliq sotib olish imkoniga ega. Qolgan klublarning barchasi Shomurodovni mavsum oxiriga qadar ijaraga olib, toʻliq transfer qilish boʻyicha muzokaralarni yozga qoldirmoqchi.
“Roma”ga esa, bosh murabbiyning kelajakdagi rejalariga kiritilmagan oʻyinchini toʻliq sotib yuborib, yangi ijrochilarga joy ochish muhim ahamiyat kasb etadi. Rimliklar Shomurodov masalasida avval ijara, keyin toʻliq transfer usuli boʻyicha ikki yildan beri oʻz maqsadiga etolmay kelmoqda.
Xususan, avval “Spetsiya”, keyin esa “Kalyari” Eldorni ijarada oʻynatib, yozgi muzokaralar vaqtida poytaxt klubining transfer uchun qoʻygan shartlarini bajara olmadi.
Shu bois, “Roma” Shomurodovni avval ijarada oʻynatish uchun soʻrayotgan klublardan koʻra, hujumchini toʻliq transfer qilish imkoniga ega boʻlgan “Torino” variantini tanlash ehtimoli yuqoriligi aytilmoqda.
“Torino” joriy mavsumda musobaqa jadvalining oʻrta qismida joylashgan boʻlsa-da, toʻp kiritish borasida muammolar kuzatilmoqda. Turinliklar 18 ta uchrashuvda jami 19 ta gol urgan. Jamoaning eng yaxshi toʻpurari Che Adams hisobida jami beshta toʻp bor. Tajribali forvardlardan Duvan Sapata uchta, Antonio Sanabriya ikkita, yosh hujumchi Alyo Njiye bitta gol muallifi boʻldi. 13 ta uchrashuvda ishtirok etgan Yann Kamaro hali gollar hisobini ochgani yoʻq.
Qolaversa, Sapata ogʻir jarohat olgan va qachon maydonga qaytishi, oʻshanda qay ahvolda boʻlishi noma'lum boʻlib turibdi.
“Torino” hujum chizigʻidagi vaziyatni inobatga olib, tarkibni A Seriyada katta tajriba toʻplagan oʻzbek forvardi bilan kuchaytirmoqchi.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning oktyabridan beri Italiyada toʻp tepayotgan Eldor Shomurodov “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya”, “Kalyari” kabi jamoalar safida jami A Seriyaning oʻzida 110 ta uchrashuvda ishtirok etib, 16 ta gol va 10 ta assist qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husanovning agenti Mirror nashriga Abduqodirning atrofidagi vaziyat haqida gapirdi
Qishda terini qanday parvarish qilish kerak?
Shu desangiz, ukam...(hajviya)
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi
Srechko Katanesdan "kuyganlar"...
2025 yil barcha muchal vakillariga nimalarni bashorat qilmoqda?
Makron: Ukrainaning taslim boʻlishi na AQSh, na Evropa Ittifoqi uchun foydali emas
Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi mamlakat choyini ichishadi?