10:13 / 05.01.2025
54

Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday?

Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday?
Oʻtgan yilning 11 dekabr kuni Liga OAV bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. 14 dekabr kuni «Superliga va Pro liga reglamenti»ga kiritilayotgan ayrim oʻzgarishlarni Superliga klublariga taqdim etildi.

«Superliga va Pro liga reglamenti» bosqichma-bosqich isloh qilingan boʻlib, uning asosiy mezonlari hamda mantigʻi soʻnggi uch mavsumdan buyon oʻzgarishsiz ishlab kelmoqda. Ya'ni, futbolchi hamda klub personalini roʻyxatdan oʻtkazish, mavsum qaydnomasi, futbolchilarni ijaraga berish va shu bilan bogʻliq asosiy printsiplar shakllanib ulgurgan. Liga oʻz odatiga koʻra har mavsum oldidan reglamentga kiritilayotgan oʻzgarishlar bilan jamoatchilikni tanishtirib boradi.

Yangi mavsum reglamenti yuzasidan faqatgina «Neftchi» hech qanday taklif kiritmadi. OKMK, «Navbahor», «Soʻgʻdiyona», «Surxon», «Andijon», «Mash'al», «Buxoro» va «Qoʻqon-1912» reglament yuzasidan hech qanday e'tiroz yoki qoʻshimcha mavjud emasligini bildirdi.

U21 bellashuvlarining asosiy tarkib oʻyinida bir kun oldin boʻlib oʻtishi masalasini yoqlab uch klub ovoz berdi. Liga mazkur masalaga alohida toʻxtalib oʻtadi.

Shuningdek, Assotsiatsiya hamda Liga tomonidan Superliga roʻyxatiga kiritilayotgan futbolchining mehnatiga haq toʻlashning minimal miqdorini kamaytirish masalasida uch klub taklif bilan chiqqan. Ular orasida oʻz futbolchilariga katta miqdorda haq toʻlayotgan ikki klub borligidan kelib chiqib, Liga ularning mazkur taklifiga e'tibor qaratmaydi. Professional futbolchi maqomi va boshqa qator faktorlar kelib chiqib, Assotsiatsiya, Liga hamda Uyushma bu borada yakuniy qarorga kelgan. Superliga klubi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini yanada kamaytirishni emas, balki etakchi futbolchilar bilan mehnat shartnomasi imzolayotganda me'yor va oʻlchovni hisobga olishi shartligi mamlakat futboliga javobgar tashkilotlar tomonidan aniq belgilab qoʻyilgan.

Liga reglamentning aniq bandlari boʻyicha nisbatan konkret takliflar kiritgan «Paxtakor», «Nasaf» va «Bunyodkor» klublari takliflarini alohida ochiqlaydi va bunga oʻz munosabatini bildiradi. Shuningdek, klublarga taklif kiritish uchun etarlicha muddat berilganidan kelib chiqib, bundan keyingi takliflarni inobatga olmaydi.

Manba: Uzpfl

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday?