08:44 / 07.01.2025
230

Kambek! 0:2 hisobini 3:2 ga aylantirgan «Milan» Italiya superkubogini qoʻlga kiritdi

Kambek! 0:2 hisobini 3:2 ga aylantirgan «Milan» Italiya superkubogini qoʻlga kiritdi
Italiya superkubogi uchun oʻtkazilgan finalda superkambekni uddalagan «Milan» azaliy raqibi «Inter»ni 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Oʻyinga Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi «Al-Avval Park» stadioni mezbonlik qildi.

Hisobni «Inter» futbolchilari ochishdi: avval Lautaro Martines (45+1 daq.), sal oʻtib Mehdi Taremi (48 daq.). Keyin tashabbus «Milan» futbolchilariga oʻtdi: Teo Ernandes (52), Kristian Pulishich (80) va Temmi Abraham (90+3).

Inter – Milan 2:3
Gollar
: 1:0 – 45+1 Martines, 2:0 – 47 Taremi, 2:1 – 52 Teo, 2:2 – 80 Pulishich, 2:3 – 90+3 Abraxam.
Inter – Zommer, Bastoni, de Vrey (Darmian, 84), Bissek, Chalxanoglu (Aslani, 35), Mxitaryan (Zelinski, 65), Barella (Frattezi, 84), Dimarko (Karlos Augusto, 66), Dumfris, Martines, Taremi.
Milan – Menyan, Teo, Tiav, Tomori, Emerson (Kalabriya, 87), Reynders (Loftus-Chik, 77), Fofana, Musa (Abraxam, 77), Pulishich, Morata, Ximenes (Rafael Leau, 50).
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (51), Dumfris (54), Tomori (57), Barella (72), Bastoni (89).

Shu tariqa 9 yillik tanaffusdan soʻng, «Milan» Italiya superkubogini oʻz tarixida 8-marotaba qoʻlga kiritdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport