“Barselona” mutasaddilari yozda sensatsion transferni amalga oshirish uchun jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda.
Kataloniyaliklar tarkibni “Atletik” vakili Niko Uilyams yoki “Bavariya” yulduzi Jamol Musiala bilan kuchaytirmoqchi. Har ikkala oʻyinchini olish katta summa va murakkab muzokaralarni talab qiladi.
“Barselona” rahbariyati oʻz rejasini amalga oshirish uchun joriy mavsum zoʻr va samarali oʻynayotgan Rafinyani “qurbon” qiladigan boʻldi.
Rafinyaning klub bilan kelishuvi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq klub joriy mavsumning dastlabki 25 ta oʻyinida 17 ta gol va 10 ta assist muallifi boʻlgan oʻyinchini qimmatroq sotib yubormoqchi. Kataloniyaliklar braziliyalik futbolchining sermahsul oʻyini uning narxini oʻsishiga asos boʻladi, degan fikrda.
Klub xoʻjayinlari Rafinyani 80 million yevro taklif qiladigan jamoaga berishga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko EOIIga a'zo davlatlar rahbarlariga murojaat qildi
"Nasaf" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
Bahodir Jalolovdan yengilgan avstraliyalik bokschi revansh soʻramoqda
Abduqodir Husanovning yoʻqligi "Lans"ga magʻlubiyat olib keldi
Entoni Blinken: Ukraina farovon kelajak uchun salohiyatga ega
Xitoyda COVID'ga oʻxshash virus tarqalmoqda (video)
Tramp Qoʻshma Shtatlarning Kanada qoʻshib olingan xaritasini koʻrsatdi (foto)
Sanepidqoʻmita metapnevmovirus infektsiyasi toʻgʻrisida ma'lumot berdi