“Lans” va Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi oʻyinlari bilan Evropaning “top-5” chempionatlaridagi yigirmaga yaqin klublar e'tiboriga tushgan Abduqodir Husanovni oʻz safida koʻrmoqchi boʻlgan jamoalar orasida Bundesliga vakillari ham bor.
20 yoshli markaziy himoyachiga Germaniyaning amaldagi chempioni “Bayer Leverkuzen” va yosh iste'dodlar bilan ishlashda katta tajribaga ega “Borussiya Dortmund” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar tarqatilmoqda.
Xususan, nemis klublarining qiziqish asosli va jiddiy ekani haqida Fußball Transfers nashri va sports.yahoo.com sayti kabi nufuzli manbalar ham xabar bermoqda.
Leverkuzen va Dortmund klublarining Abduqodir Husanovni oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqayotgani bejiz emas, albatta. Birinchidan, har ikki klubning himoya markazida muammosi bor.
Dortmundliklar ogʻir jarohat olgan etakchi himoyachi Niklas Zyule xizmatidan foydalana olmayapti va uning oʻrnini aynan oʻzbek futbolchisi bilan toʻldirishni istayapti. Qolaversa, jamoa himoyachilarning aksariyating yoshi 30 ga borib qoldi va kelajak uchun yosh oʻyinchilarni olish maqsadga muvofiq.
Leverkuzenliklar asosiy himoyachisi Jonatan Taning ketishiga tayyorgarlik koʻrmoqla. 28 yoshli futbolchi yozda erkin agent maqomida boshqa ligaga oʻtishni maqsad qilgan va bu oʻyinchiga “Barselona” da'vogarlik qilyapti. “Bayer”ning rejasi boʻyicha Taning oʻrnini aynan Abduqodir Husanov bosa oladi.
Bundan tashqari, “Bayer” ham, “Borussiya Dortmund” ham yosh iste'dod egalarini bir necha mavsum oʻz safida oʻynatib, ularning yangi qirralarini ochishda va keyinchalik grand klublarga katta summada transfer qilishga usta klublar hisoblanadi. Bu borada dortmundliklarning oldiga tushadigani yoʻq. Misol tariqasida, “Borussiya” yaqin yillar ichida Erling Xolandni “Manchester Siti”ga, Jud Bellingemni “Real”ga transfer qilganini keltirish mumkin.
Transferlar boʻyicha ekspertlar orasida Abduqodir Husanovning yoshligini inobatga olib, “Manchester Siti” va “Real” kabi grand klublarga oʻtishdan oldin, navqiron oʻyinchilar bilan ishlashda oʻziga xos tizim yaratgan jamoalarda oʻynab, darajasini yanada koʻtarishni maslahat berayotganlari ham yoʻq emas. Bundesliga klublari bu borada katta tajribaga ega.
- Nemis jamoalari Abduqodir Husanov va uning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar Evropaning bir necha klublari bilan muzokara oʻtkazayotganidan xabardor. Qolaversa, iqtisodiy jihatdan Bundesliga klublari Evropa grandlari bilan raqobatlashishi qiyin. Shunga qaramay, leverkuzenliklar ham, dortmundliklar ham imkon qadar Husanovni qoʻlga kiritishga urinib koʻradi, - deb yozmoqda germaniyalik jurnalist Jek Minan.
Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanov “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yilning yozida “Lans”ga koʻchib oʻtgunga qadar, Belarus oliy ligasida “Energetik-BGU” jamoasi sharafini himoya qilgan.
20 yoshli markaziy himoyachi bir yarim yildan beri Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a'zosi hisoblanadi va xalqaro maydonda hozirga qadar 18 ta uchrashuvda ishtirok etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabritsio Romanodan Abduqodir Husanovning transferi boʻyicha yangi post!
Dekabrda nechta kelishilgan oʻyin oʻynalgani ma'lum qilindi
Husanovga A Seriyadan qiziqish! Unga Shomurodov bilan bir ligada oʻynash imkoni bu...
"Paxtakor"ning Turkiyadagi yigʻinlariga klub raisi tashrif buyurdi
Ispaniya Superkubogi: "Barselona" "Atletik"ni magʻlubiyatga uchratib, finalga yoʻl oldi (video)
Abduqodir Husanovning otasi Hikmat Hoshimov haqida nimalarni bilasiz?
“Roma” Eldor Shomurodov boʻyicha qarorini oʻzgartirdi
"Manchester Siti" Abduqodir Husanov uchun qancha summa taklif qilayotgani ma'lum boʻldi