
Grossmeyterimiz Javohir Sindorov nufuzli Freestyle Chess Grand Slam turnirining saralash bahslarida yarim finalga chiqqanini xabar qilgan edik.
Shaxmatchimiz yarim finalda xitoylik raqibi Yu Yang Yiga qarshi bahs olib bordi va gʻalaba qozonib, turnir finaliga chiqdi.

Afsuski, finalda qizgʻin kechgan bahsda Vladimir Fedoseyevga imkoniyatni boy berib, turnirning asosiy bosqichiga yoʻl ololmadi.
Eslatib oʻtamiz, turnir 7-14 fevral kunlari Germaniyaning Vayssenxaus shahrida boʻlib oʻtadi.
Ishtirokchilarning toʻliq roʻyxati:
Magnus Karlsen, Vladimir Fedoseyev, Alirizo Firuzja, Gukesh Dommaraju, Vishvanatan Anand, Levon Aronyan, Vintsent Keymer, Fabiano Karuana, Nodirbek Abdusattorov, Hikaru Nakamura. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar