
“Al-Hilol” hujumchisi Neymar Junior Krishtianu Ronalduning yaqinda Saudiya ligasi Liga 1 dan kuchli degan fikriga qoʻshildi.
“Men Krishtianuning barcha gaplariga qoʻshilaman. Bunga sabab ham keltira olamiz. Haqiqatdan, Saudiya Pro ligasi Liga 1 dan hozirgi kunda kuchli. Bu erga kelishimdan avval biroz hayajonlanib, xavotirda edim.
Biroq, Saudiya meni juda goʻzal kutib oldi. Odamlarning harakaterlari, muomalalari, deyarli barcha narsa ideal edi. Shu sababli, men ham bu chempionatni Fransiya ligasidan ustun koʻraman” – dedi braziliyalik yulduz.
Ma'lumot oʻrnida, 32 yoshli hujumchi joriy mavsum saudiyaliklar safida 2 bora uchrashuvda ishtirok etdi, xolos. Bundan avval Junior jarohatlar girdobiga kirib qolib, koʻplab oʻyinlarda ishtirok eta olmayotgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar