
Oʻzbekistonlik yosh himoyachi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga oʻtishi rasman e'lon qilinishi kutilar ekan, uning yangi klub tarkibidagi ilk oʻyini muxlislar orasida katta qiziqish uygʻotmoqda.
Husanovning debyuti 20-yanvar kuni Angliya Premer Ligasi doirasida “Manchester Siti” va “Aston Villa” oʻrtasida oʻtadigan oʻyinda boʻlishi mumkin. Ushbu uchrashuv “Etixad” stadionida oʻtadi va bu futbolchi uchun oʻzini namoyon qilish uchun ajoyib imkoniyat boʻladi.
Abduqodirning maydonga tushishi murabbiy Pep Gvardiolaning qaroriga bogʻliq. Himoya chizigʻidagi muhim rollardan biri sifatida Husanovning tezlik, chidamlilik va tajovuzkor oʻyin uslubi “Siti”ning oʻyini uchun muhim qoʻshimcha boʻlishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Husanovning transferi bonuslar bilan birgalikda 50 million yevroga baholanmoqda va u bilan 4,5+1 yillik shartnoma imzolanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar