15:25 / 17.01.2025
438

Holand “Manchester Siti” bilan sal kam 10 yillik shartnoma imzoladi

Holand “Manchester Siti” bilan sal kam 10 yillik shartnoma imzoladi
Norvegiyalik hujumchi Erling Holand “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2034 yil yozigacha uzaytirdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Shunday qilib, futbolchi klubda yana 9,5 yil davomida oʻynaydi. Manbaga koʻra, yangi shartnomada avvalgi tovon puli bilan bogʻliq barcha bandlar olib tashlangan. Holandning maoshi klubdagi eng yuqori koʻrsatkichga aylanadi. Yangi shartnomada futbolchining maoshi barcha jamoadoshlaridan yuqoriroq boʻladi. Bu sport tarixidagi eng qimmat shartnomalardan biri ekani aytilmoqda.

Futbolchi shartnoma imzolagach, oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

Men yangi shartnoma imzolaganimdan va ushbu ajoyib klubda yana uzoqroq vaqt oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlganimdan xursandman.

“Manchester Siti” — ajoyib insonlar va zoʻr muxlislar bilan toʻla oʻziga xos klub. Bu erda har kim oʻzining eng yaxshi qirralarini namoyon eta oladi
”, dedi Holand.

24 yoshli Holand joriy mavsumda klub safida barcha turnirlarda 28 ta oʻyinda maydonga tushib, 21 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portalida futbolchining bozor qiymati 200 million yevro deb baholangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing