
“Manchester Siti” bilan amaldagi hamkorligini 2034 yilning yozigacha uzaytirgan Erling Xoland Angliya Premer-ligasidagi himoyachilarga murojaat yoʻlladi. Norvegiyalik futbolchi mahorati oshishida raqib himoyachilarining roli katta ekanini alohida ta'kidladi.
- Qadrli himoyachilar, men oxirgi paytlarda sizlar bilan boʻlgan oʻyinlar haqida juda koʻp fikr-mulohaza qildim. Har qanday munosabatlarda boʻlgani kabi bizda ham yuksalish va pasayishlar yuz berdi.
Ha, oʻrtamizda kurash bor. Lekin sizlar tufayli men yanada yaxshiroq futbolchiga aylanyapman.
Oxirgi vaqtda atrofimizda turli gap-soʻzlar tarqaldi. Men hammasini tushunib etdim. Ba'zan sizlar meni qarshingizda koʻrishni istamassiz. Lekin men bizlar bir birimizga kerakmiz, deb oʻylayman.
Shunday ekan, bir soʻz bilan aytganda, meni kechiringlar, ligada qoladigan boʻldim, - deb yozdi Erling Xoland.
24 yoshli hujumchi Norvegiyaning “Bryune” va “Molde” klublaridan etishib chiqqan. Bir yil Avstriyaning “Zalsburg” jamoasida toʻp tepganidan keyin 2020 yilning yanvarida uni “Borussiya Dortmund” oʻz safiga qoʻshib oldi.
Mohir toʻpurar Angliya Premer-ligasiga 2022 yilning yozida koʻchib oʻtdi. Xoland hozirga qadar klublar miqyosidagi musobaqalarda jami 309 ta uchrashuvda ishtirok etib, oʻz hisobiga 246 ta gol va 51 ta assist yozdirib qoʻygan.
Bundan tashqari, mohir toʻpurar xalqaro miqyosda ham tinimsiz gol urmoqda. Erling Norvegiya milliy terma jamoasi safida 39 ta oʻyinda qatnashib, raqiblar darvozasini 38 marotaba ishgʻol qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar