16:08 / 18.01.2025
1 540

Endi Xolandni faqat shu ikki klubgina transfer qila oladi

Endi Xolandni faqat shu ikki klubgina transfer qila oladi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning asosiy toʻpurari Erling Xolandni uzoq muddatli shartnomaga koʻndirdi va tomonlar 2034 yilning yarmigacha hamkorlik qiladigan boʻldi.

Bu bitim orqali Xolandning hisobiga har ikki hafta bir million funt sterlingdan pul tushib turadi. Har holda 9,5 yillik shartnomaga koʻndirish uchun “shaharliklar” 24 yoshli hujumchiga haftasiga 500 ming funtdan maosh toʻlashga rozilik bergan.

Marca nashrining ma'lum qilishicha, yangi shartnomada Xolandni sotib olish uchun badal puli koʻrsatilmagan va avval koʻrsatilgan summalarning barchasi olib tashlangan. Shunga qaramay, norvegiyalik toʻpurar boshqa superklublarga oʻtish imkonini saqlab qoldi.

Manbaning ta'kidlashicha, faqat “Real” va PSJ klublarida Xolandni maxsus formula orqali oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyati boʻladi.

Shunga qaramay, hozircha Erling Xolandda boshqa klubga oʻtish rejasi yoʻq. Mohir toʻpurar bundan buyon bor e'tiborini “Manchester Siti”ga qaratishini ma'lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing