UFC jangchisi Arman Tsarukyanning murabbiyi Markos Da Matta shogirdining jarohati haqida gapirdi.
“Oʻtgan seshanba kuni Armanning beli ogʻriy boshladi, ammo bu unchalik jiddiy emasdi. Dastlab, buni shunchaki yuklamalar ta'siri, deb tushundik. U bir necha kun dam oldi va hammasi yaxshi ketayotgandi. Keyin jang haftasi boshlandi, ogʻriq hali hamon Tsarukyanni tark etmagandi. Chorshanba oqshomidagi soʻnggi mashgʻulotdan keyin u yana shikoyat qila boshladi. Vazn yoʻqotishni boshlashimiz bilan vaziyat yanada yomonlashdi.
Keyin Xanter Kempbell va Devidson (UFC bosh shifokori) bizga kelib, jangni bekor qilish kerakligini aytdi. Bu qaror mutlaqo toʻgʻri edi, chunki Arman oʻrnidan turolmadi va hatto oʻtirolmadi ham” — deb Da Matta soʻzlarini keltirdi "Bloody Elbow" portali.
Eslatib oʻtamiz, reja boʻyicha Arman Tsarukyan "UFC 311" turnirida Islom Maxachevga qarshi jang qilishi kerak edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar