Angliya Premer-ligasining 22-turidan oʻrin olgan bahsda "Manchester Siti" "Ipsvich Taun" ustidan yirik hisobda gʻalaba qozondi.
Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" mazkur turda "Ipsvich Taun"ni yirik 6:0 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng klub turnir jadvalining kuchli 4 ligiga kirib oldi.
Ma'lumot oʻrnida, manchesterliklar navbatdagi bahsini 22 yanvar kuni Fransiyaning PSJ klubiga qarshi bahs olib boradi.
"Ipsvich Taun" — "Manchester Siti" 0:6
Gollar: 0:1 – 27 Foden, 0:2 – 30 Kovachich, 0:3 – 42 Foden, 0:4 – 49 Doku, 0:5 – 57 Xoland, 0:6 – 69 Makati.
"Ipsvich": Uolton, Devis, Djonson, Berdjess, O`Shi, Godfri (Tuanzebe, 64), Morsi, Kayuste (Luongo, 64), Klark (Filodjin-Baydeys, 64), Xatchinson (Teylor, 73), Delap (Xerst, 73).
"Manchester Siti": Ederson, Gvardiol, Ruben Diash, Akandji (O`Rayli, 72), Mateush Nunesh, Kovachich (Lyuis, 72), Gyundogan, Doku, de Bryuyne (Makati, 63), Foden (Grilish, 63), Xoland (Mubama, 63).
Ogohlantirish: Mateush Nunesh (79). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar