Angliya Premer-ligasining (APL) 22-turida "Manchester Siti" safarda "Ipsvich"ni 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alaba jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning APLdagi yana bir tarixiy yutug‘iga aylandi.
Squawka ma’lumotiga ko‘ra, bu Gvardiola uchun Angliya chempionatida jamoasi olti yoki undan ortiq gol urgan 13-o‘yin bo‘lib, u ushbu natija bo‘yicha "Arsenal" sobiq murabbiyi Arsen Venger bilan tenglashdi. Qayd etish kerakki, faqat "Manchester Yunayted" afsonaviy murabbiyi ser Aleks Fergyuson bu ko‘rsatkich bo‘yicha oldinda — uning hisobida shunday 14 o‘yin mavjud.
APL jadvalidagi vaziyat:
Hozirgi paytda "Manchester Siti" turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar Ligasi musobaqasida esa 22-o‘rinda joylashgan. APLning 2024–2025 yilgi mavsumida "Liverpul" 50 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Gollar mualliflari:
Kechagi bahsda "Manchester Siti"ning gollari quyidagi futbolchilar tomonidan urildi: Fil Foden (dubl), Mateo Kovachich, Jeremi Doku, Erling Holand, Jeyms Makeyti.
"Manchester Siti"ning bunday ko‘rsatkichlari jamoaning barqarorligini va kuchli hujum salohiyatini yana bir bor namoyish etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar