20:30 / 27.10.2016
8 965

Nima uchun sportchimizdan medalini olib qo‘yishdi?

Nima uchun sportchimizdan medalini olib qo‘yishdi?

To‘qqiz sportchi, jumladan 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlarining olti nafar medalchisi takroriy doping-namunalari tahlilidan so‘ng chetlashtirildi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi saytida xabar berilgan, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.

Chorshanba kuni XOQ eng zamonaviy ilmiy tahlil usullari orqali takroriy tekshiruvda doping namunalari ijobiy natija bergan sportchilarga nisbatan sanksiya qo‘lladi.

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Soslan Tigievda taqiqlangan turinabol (4-xlorodegidrometiltestosteron) moddasi topildi.

Shuningdek, Olimpiada-2008 medallaridan qozog‘istonlik Taymuraz Tigiev, ukrainalik og‘ir atletikachi Olga Korobka, beloruslik og‘ir atletikachi Andrey Rыbakov, beloruslik og‘ir atletikachi Anastasiya Novikova hamda rossiyalik yugurish ustasi Ekaterina Volkovalar mahrum etildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval XOQ Pekin va Londondagi Olimpiya o‘yinlarida olingan doping-namunalarini ikki marotaba qayta tekshiruvdan o‘tkazgandi. Uning doirasida 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Artur Taymazov oltin medaldan mahrum etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nima uchun sportchimizdan medalini olib qo‘yishdi?