date

Massimo Moratti: «Ibrohimovich ketish oldidan «Inter» mensiz hech narsa yuta olmaydi» degandi»

Massimo Moratti: «Ibrohimovich ketish oldidan «Inter» mensiz hech narsa yuta olmaydi» degandi»

"Inter"ning sobiq xo‘jayini Massimo Morattining aytishicha, 2009 yilda "Barselona"ga o‘tgunga qadar ushbu jamoada to‘p surgan Zlatan Ibrohimovich usiz qora-ko‘klar birorta ham sovrinni yuta olmasligini bashorat qilgan. Ibrohimovich bilan "Inter" uch marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lib, u ketgan yili esa Italiya chempionati, Italiya kubogi va Evropa chempionlar ligasi musobaqalarida g‘olib chiqqandilar. E’tiborli tomoni, milanliklar Ibrohimovichning o‘sha vaqtdagi jamoasi "Barselona"ni EChL yarim finalida dog‘da qoldirishgan.

"Zlatan oxirgi mashg‘ulotlardan so‘ng Barselonaga uchadigan samolyotga chiqmoqchi bo‘lib turgandi. O‘shanda shunday degan: "Siz bilan birga yaxshi ishlay oldik, ammo mensiz hech narsa yuta olmaysizlar". Biroq bunday bo‘lib chiqqani yo‘q. U hayratlanarli darajada iqtidorli o‘yinchi va bundan tashqari klublariga sovrinlar yutishda katta ko‘mak beradi. U bilan biz uch marta chempionlikni qo‘lga kiritgandik", - deb eslaydi Moratti.

Manba: www.stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Massimo Moratti: «Ibrohimovich ketish oldidan «Inter» mensiz hech narsa yuta olmaydi» degandi»