Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat boʻyicha an'anaviy «Tata Steel Chess-2025» musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.
Nufuzli turnirning «Masters» guruhida Nodirbek Abdusattorov bahs olib boryapti. Kecha oʻtkazilgan uchinchi tur bahsida Abdusattorov qatorasiga ikkinchi gʻalabasini tantana qildi. U qora donalarda oʻynashiga qaramay, mezbon shaxmatchi Maks Varmerdamni magʻlubiyatga uchratdi.
Quvonarlisi, Nodirbek 1 durang va 2 gʻalaba bilan 2,5 ochko toʻplagan holda qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra peshqadamlikni qoʻlga oldi. Hamyurti Arjun Ergaisini taslim eta olgan hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha ham oʻz ochkolarini 2,5 taga etkazib oldi. Uchinchi turning markaziy partiyasida hindistonlik Gukesh Dommaradju amerikalik Fabiano Karuana bilan murosaga keldi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar