16:59 / 23.01.2025
351

Robert Uittaker tishlarini butunlay olib tashlaganini aytdi

Robert Uittaker tishlarini butunlay olib tashlaganini aytdi
Oʻrta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Robert Uittaker chechenistonlik Xamzat Chimayev bilan jangda anchagina qiyin ahvolga tushib qolgandi. Oʻshanda avstraliyalik sportchining pastki old tishlarining bir qismi siljib ketgan. Bugunga kelib esa Uittaker jarohatdan deyarli tiklanganini ma'lum qildi.

“Qayta tiklanish hamma kutganidan ham tezroq kechdi. Rosti, bu tishlardan charchagan edim. Shu bois ulardan butunlay xalos boʻldim va oʻrniga implantlar qoʻydirdim. Ayni paytdda hammasi joyida. Toʻrt haftadan keyin mashgʻulotlarga qaytaman”, - dedi Robert Uittaker Ariel Xelvanining podkastida.

Eslatib oʻtamiz, Robert Uittaker Xamzat Chimayevga qarshi jangning birinchi raundidayoq sabmishn evaziga magʻlubiyatga uchragan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport