19:00 / 24.01.2025
4 378

Roʻziqul Berdiyev "Nasaf" klubining rejalari haqida gapirdi

Roʻziqul Berdiyev "Nasaf" klubining rejalari haqida gapirdi
"Nasaf" bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida jamoaning keyingi rejalari xususida toʻxtalib oʻtdi.

"Yigʻinimizning birinchi bosqichini 3 yanvardan 16 yanvargacha oʻtkazdik. Undan keyin jamoamiz a'zolari tibbiy koʻrikdan oʻtishdi.

Hozirgi paytda yigʻinning ikkinchi bosqichini boshlab yuborganmiz, bu 19 yanvardan 29 yanvargacha Qarshidagi qarorgohimizda olib boriladi. Unda asosan jismoniy holatlarni tiklashga e'tibor qaratiladi.

3 fevraldan 25 fevralgacha Turkiyada yigʻin qilamiz. Unda bir qator oʻyinlarda maydonga tushamiz. Bu bosqich biz uchun juda muhim. 10 ga yaqin bahsda koʻproq oʻyin amaliyoti, jismoniy holatni yaxshilash ustida ish olib boriladi. Oʻylaymanki, muxlislarni qiziq uchrashuvlar kutib turibdi. Raqib sifatida Rossiya, Ukraina, Evropa jamoalari bilan nazorat uchrashuvlarida qatnashib, chempionatga tayyorgarlik koʻramiz.

Hozir jamoamiz toʻliq tarkibda emas. Koʻp oʻyinchilarimiz terma jamoaga jalb qilingan. Shunga qaramasdan, tarkibga yangi futbolchilar kelib qoʻshildi, xususan, oʻrinbosarlar va 1-liga jamoamizdan ham. Mashgʻulotlar kuniga 2 mahaldan oʻtkazilmoqda", – dedi Berdiyev.

Avvalroq "Nasaf" albaniyalik forvard Rubin Xebay transferini e'lon qilgan edi.

Manba: "Nasaf" matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport