15:58 / 26.01.2025
640

Italiya: kecha A Seriyada irodali gʻalabalar kuni boʻldi

Italiya: kecha A Seriyada irodali gʻalabalar kuni boʻldi
Kecha Italiya A Seriyasining 21-tur bahsidan oʻrin olgan «Komo» – «Atalanta» va «Napoli» – «Yuventus» oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

«Komo» – «Atalanta» 1:2
Gollar
: 1:0 – 30 Pas, 1:1 – 56 Retegi, 1:2 – 70 Retegi.
«Komo» – Byute, Alberto Moreno (Fellipe Jek, 26), Kempf (Belotti, 74), Dossena, Engelhardt, Perrone (Kakre, 68), Da Kunya, Pas, Fadera, Diao, Strefestsa (Kutrone, 68).
«Atalanta» – Karnezekki, Kolashinas, Jimshiti, Skalvini (Rudjeri, 55), Samarjich, Dzappakosta (Bellanova, 46), Ederson, de Ron (de Ketelare, 46), Kuadrado (Breshianini, 56), Lukman (Toloi, 78), Retegi.

«Atalanta» hafta oʻrtasida Chempionlar ligasida «Shturm» darvozasiga beshta javobsiz gol urgandi, ammo A seriyada Jan Piyero Gasperini jamoasi qiynalmoqda. Komoga bergamoliklar besh uchrashuvdan iborat gʻalabasiz seriya bilan (=3-2) tashrif buyurdi va birinchi boʻlim oʻrtalarida Pasning golidan keyin hisobda ortda qola boshladi. Ammo «Atalanta» ikkinchi boʻlimda Breshianini va Retegi bogʻlami evaziga vaziyatni oʻz tomoniga ogʻdirdi. Ularning birinchisi hujumdagi sherigiga ikki bor assistentlik qildi, kelib chiqishiga koʻra argentinalik boʻlgan futbolchi mavsumdagi gollari sonini 16 taga etkazdi.

«Napoli» – «Yuventus» 2:1
Gollar
: 0:1 – 43 Kolo-Muani, 1:1 – 57 Zambo-Angissa, 2:1 – 69, penalti Lukaku.
«Napoli» – Meret, Spinastsola, Jezus, Rraxmani, Di Lorentso, Maktominey, Lobotka (Gilmor, 89), Zambo-Angissa, Neres (Ngonj, 90+2), Lukaku (Simeone, 89), Politano (Mastsokki, 82).
«Yuventus» – Di Gregorio, Kambyazo (Savona, 65), Kalulu, Gatti, Makkenni, Tyuram, Lokatelli (Duglas Luis, 74), Gonsales (Fransishku Konseysau, 74), Kopmeyners, Yildiz (Mbangula, 65), Kolo-Muani (Vlahovich, 82).

Chempionat peshqadami mavsum boshidan buyon 21 turda ham yutqazmagan (13 ta durang) jamoani qabul qildi. Neapoldagi oʻyin turning markaziy oʻyini maqomiga mos kechdi. «Yuventus» shu kuni yorqin debyut oʻtkazgan Kolo Muanining golidan keyin hisobda oldinga chiqib oldi (u «PSJ» safida 1 sentyabrdan buyon gol urmagandi). Ammo frantsuz hujumchisining muvaffaqiyati ham, Di Gregorioning seyvlari ham Tiagu Motta jamoasini ilk magʻlubiyatdan qutqarib qololmadi.

«Napoli» qatorasiga ikkinchi turda chempionlik xarakterini namoyish etmoqda. Oʻtgan dam olish kunlarida Antonio Konte shogirdlari «Atalanta»ga qarshi oʻyinda ham hisobda ortda borishgan, ammo yakunda uch ochkoga ega chiqishgandi (3:2). Bu safar stsenariy qisman takrorlandi. Zambo-Angissa Politanoning uzatmasi bilan hisobni tenglashtirdi, u bu mavsumda uchinchi marta bosh bilan gol urdi, Lukaku esa Lokatellining Maktominayga ishlatgan qoʻpolligi uchun belgilangan penaltini aniq ijro etdi. Belgiyalik uchun bu top-5 ligalardagi 200-gol boʻldi, bu gʻalaba evaziga «Napoli» «Inter» zaxiradagi oʻyinlarida gʻalaba qozongan taqdirda ham birinchi oʻrinda qoladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport