"Nasaf" klubi Roʻziqul Berdiyev va uning shtabi bilan shartnomani uzaytirdi

"Nasaf" klubi Roʻziqul Berdiyev va uning shtabi bilan shartnomani uzaytirdi
Oʻtgan yili "Nasaf" bilan azaliy orzusi boʻlgan - chempionlikni qoʻlga kiritgan bosh murabbiy Roʻziqul Berdiyev rasman yangi mavsumda ham qarshiliklar jamoasini boshqarishda davom etadi.

Klub rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Roʻziqul Berdiyev bilan shartnomani uzaytirilganligi haqida "Nasaf" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yana xabarda keltirilishicha, jamoaning murabbiylar shtabi bilan ham amaldagi mehnat shartnomalari uzaytirilgan.

"Nasaf" Roʻziqul Berdiyev bosh murabbiyligi davrida Oʻzbekiston chempionatining besh karra bronza medallari va uch marta kumush medallari sohibiga aylandi, shuningdek, toʻrt marta Oʻzbekiston Kubogi va uch marta Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi. Oʻtgan mavsumda jamoa Berdiyev qoʻl ostida orziqib kutilgan chempionlikni qoʻlga kiritdi.

5 karra yil murabbiyi va 2 marta Superliganing eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar