Neymar shu yoʻl bilan Yevropaga qaytishni koʻzlayaptimi? Uning rejasi oshkor boʻldi

Neymar shu yoʻl bilan Yevropaga qaytishni koʻzlayaptimi? Uning rejasi oshkor boʻldi
Neymar joriy mavsum yakunlanganidan soʻng Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Florian Plettenberg.

Avvalroq, "Al-Hilol" klubi 32 yoshli hujumchi bilan shartnoma bekor qilinganini e'lon qildi. Hozirda Neymar oʻz faoliyatini boshlagan "Santos"ga qaytishi mumkinligi aytilmoqda.

Manbalarning xabar berishicha, futbolchi "Santos" bilan yarim yillik shartnoma imzolashga yaqin, uni uzaytirish imkoniyati koʻzda tutilmagan. Shuningdek, Neymar kelasi mavsum Yevropaga qaytish niyatida.

Ma'lum qilinishicha, hujumchi yanvar oyida Saudiya Arabistonini tark etib, yangi jamoaga qoʻshilishdan avval tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun Braziliyaga yoʻl oladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar