2 572
Evropa Ligasi. “Roma” oʻtish oʻyinida qatnashadi, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” nimchorak finalda

Foto: Getty Images
Futbol boʻyicha Evropa Ligasida umumiy guruh bosqichi kecha, 30 yanvar kuni yakunlandi.
Italiyaning “Roma” klubi oʻz uyida “Ayntraxt” ustidan gʻalaba qozondi va oʻtish bosqichiga yoʻl oldi. Oʻzbekiston term jamoasi sardori Eldor Shomurodov 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, ikki daqiqadan soʻng hisobni 2:0 koʻrinishga keltirdi.
Angliya klublari — “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” soʻnggi turda ishonchli gʻalabaga erishib, toʻgʻridan toʻgʻri 1/8 finalga chiqdi. “Beshiktosh” va “Braga” musobaqa bilan xayrlashdi. “Fenerbahche” esa pley-offga ilinib qoldi.
Ushbu 8 jamoa 1/8 finalga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻl oldi: “Latsio”, “Atletik”, “MYu”, “Tottenhem”, “Ayntraxt”, “Lion”, “Olimpiakos” va “Reynjers”.
Keyingi 16 jamoa 1/8 finalga oʻtish uchun qoʻshimcha pley-off bosqichida qatnashishadi: “Bude-Glimt”, “Anderlext”, “Styaua”, “Ayaks”, “Real Sosiyedad”, “Galatasaroy”, “Roma”, “Viktoriya Plzen”, “Ferensvarosh”, “Portu”, AZ “Midtyulland”, “Yunion Sent-Jillua”, PAOK, “Tvente” va “Fenerbahche”.

25-dan 36-oʻringacha boʻlgan jamoalar uchun turnir yakunlandi.
Evropa Ligasi.
8-tur.
30 yanvar, payshanba
“Roma” — “Ayntraxt” 2:0
Gollar: Anxelino (44), Shomurodov (69).
“Roma” – Svilar, Ndika, Hummels, Manchini, Pellegrini (Chelik, 80), Dibala (Pizilli, 80), Anxelino, Kone, Paredes (Kristante, 61), Salemakers (Soule, 61), Dovbik (Shomurodov, 67).
“Ayntraxt” – Trapp, Teate, Kox, Tuta, Kristensen, Baoyya (Nkunku, 65), Larsson (Dahud, 64), Sxiri, Knauff (Uzun, 64), Shaibi (Ish, 84), Ekitik (Matanovich, 72).
“Styaua” — “Manchester Yunayted” 0:2
Gollar: Dalot (60), Maynu (68).
“Styaua”: Tirnovanu, Radunovich, Kretsu (Beluse, 66), Dava, Ngezana, Popesku, Mikulesku (Musi, 77), Shut, Ejuma (Alhasan, 46), Tenase (Shtefenesku, 77), Birlija.
“Manchester Yunayted” – Bayindir, Martines (Yoro, 71), de Ligt, Mazraui, Maynu, Eriksen (Kazemiro, 72), Malasia (Garnacho, 46), Fernandesh, Kolliyer (Diallo, 46), Dalot, Hoylund (Zirkze, 80).
“Ayaks” — “Galatasaroy” 2:1
Gollar: Traore (23), Fis-Jim (58) — Osimhen (90+4).
“Ayaks” – Pasveyer, Hato, Bas, Shutalo, Goei, Taylor, Henderson (Rugani, 77), Fis-Jim (Mokio, 77), Gods (Akpom, 12), Brobbi (Vegorst, 73), Traore (Bergeys, 73).
“Galatasaroy” – Muslera, Bardakchi, Sanches (Nelsson, 89), Kutlu (Bashuayi, 61), Ayxan, Sara, Torreyra, Yilmaz (Akman, 89), Mertens (Demir, 69), Akgun (Elert, 61), Osimhen.
“Braga” — “Latsio” 1:0
Gol: Orta (6).
“Braga” – Gornichek, Chissumba (Marin, 89), Niakate (Arrey-Mbi, 27), Oliveyra, Viktor Gomes (Joau Ferreyra, 89), Gorbi, Moutinyu, Garbi, Rikardu Orta, Fernandesh (Martines, 79), Al Uazzani.
“Latsio” – Mandas, Pellegrini (Zassa, 88), Romanioli, Jigo, Marushich, Xila (Dia, 71), Dele-Bashiru, Noslin, Pedro, Shauna (Isaksen, 66), Kastelyanos (Balde, 88).
“Tottenhem” — “Elfsborg” 2:0
Gollar: Skarlett (70), Ajayi (84), Mur (90+4).
“Tottenhem” – Ostin, Devis, van de Ven (Dregushin, 46), Grey, Porro, Bergvall, Bentankur (Bissuma, 46), Sarr, Son (Kulusevski, 46), Risharlison (Ajayi, 81), Mur.
“Atletik” — “Viktoriya Plzen” 3:1
Gollar: N.Uilyams (25), Alvares (64), Marton (90+5) — Gavel (71).
“Atletik” – Agirresabala, Berchiche, Yeray Alvares, Vivian, De Markos, Xauregisar (Vesga, 70), Prados, N.Uilyams (Marton, 89), Berenger (Sanset, 66), I.Uilyams (Jalo, 70), Guruseta (Unai Gomes, 89).
“Lion” — “Ludogores” 1:1
Gollar: Tolisso (54) — Almeyda (78).
“Lion” – Lukas Perri, Abner (Talyafiko, 78), Niakate, Chaleta-Sar, Meytlend-Naylz, Tolisso, Tessmann (Lyakazett, 64), Veretu (Matich, 65), Sherki, Nuama (Kumbedi, 84), Mikautadze.
“Real Sosiyedad” — “PAOK” 2:0
Gollar: Oskarsson (43, 48).
“Real Sosiyedad” – Marrero, Serxio Gomes (Xavi Lopes, 81), Agerd, Elustondo, Odriosola (Martin, 46), Marin, Barrenechea (Kubo, 73), Subimendi (Olasagasti, 63), Bekker, Ouskarsson (Oyarsabal, 73), Mendes.
“PAOK” – Kotarski, Baba, Mixaylidis, Kendzera, Kastro, Shvab, Ozdoyev (Konstantelias, 63), Tayson, Kamara, Despodov (Shortayr, 71), Brandon (Chalov, 71).
“Makkabi” — “Portu” 0:1
Gol: Niko (58).
“Portu” – Koshta, Otavio, Tiagu Jalo, Eushtakiu, Moura (Sanusi, 75), Varela, Niko Gonsales (Ze Pedru, 85), Joau Mariu, Fabiu Viyeyra (Vashku Souza, 67), Namaso (Gul, 67), Pepe Akino (Galeno, 75).
“Tvente” — “Beshiktosh” 1:0
Gol: Ros (76).
“Beshiktosh” – Gyunok, Masuaku, Topchu, Uduoxay, Svensson (Bulut, 81), Al Musrati, Fernandesh, Muchi (Joau Mariu, 69), Rafa Silva (Uchan, 60), Rashitsa (Hakimoʻgʻli, 81), Immobile (Kilichsoy, 46).
“Midtyulland” — “Fenerbahche” 2:2
Gollar: Diao (27), Biskov (86) — An Nosiri (39), Jeko (47).
“Anderlext” — “Hoffenhaym” 3:4
Gollar: Vaskes (18), Goto (79), Ausgustinsson (88) — Hranas (41), Bishof (54), Ntusu (59), Glojek (65).
“Olimpiakos” — “Qorabogʻ” 3:0
Gollar: Al Kaabi (56, 60), Byankon (89).
“Nissa” — “Bude-Glimt” 1:1
Gollar: Buanani (74) — Biyerkan (54).
“Dinamo K” — “RFSh” 1:0
Gol: Pixalenok (76).
“Reynjers” — “Yunion Sent-Jillua” 2:1
Gollar: Raskin (21), Cherni (55) — Mak Allister (84).
“Slaviya” — “Malmyo” 2:2
Gollar: Xori (46), Shrans (76) — Ali (69), Bolin (71).
“Ferensvarosh” — “AZ” 4:3
Gollar: Bin Romdhane (9, 45), Traore (34), Varga (82, penalti) — Miynans (76, 90+5), Perrott (90). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar