13:46 / 02.02.2025
1 001

Neymar Saudiya Arabistonidan ketishiga sabab boʻlgan haqiqatni aytdi

Neymar Saudiya Arabistonidan ketishiga sabab boʻlgan haqiqatni aytdi
“Al-Hilol”da bir yillik faoliyatini yakunlagan Neymar saudiyaliklar bilan shartnomani bekor qilib, oʻzini tarbiyalagan “Santos”ga koʻchib oʻtdi.

32 yoshli futbolchi bu qarorga qanday kelganini aytib berdi.

- Futbol mantigʻiga toʻgʻri kelmaydigan bir necha qarorlarim borligini tan olaman. Ana shulardan oxirgisi “Santos”ga qaytish boʻldi. Braziliyaga qaytishga qanday va qachon qaror qildim?

E'tirof etishim kerakki, yanvarning boshida ham “Santos”ga qaytish xayolimga ham kelmagan, “Al-Hilol”dan ketish istagi ham yoʻq edi. Oilam baxtiyor, men oʻynash istagiga toʻla edim.

Keskin qaror qabul qiladigan vaziyat yuzaga keldi. Men mashgʻulotlarda, odatiy turmush tarzidan zerikib qoldim va bu mening ruhiyatimga salbiy ta'sir oʻtkazdi. Yurtimga qaytish imkoni tugʻilganida buni uzoq oʻylab oʻtirmadim.

Otamga “Santos”ga qaytmoqchi ekanimni aytdim va hammasi oson bitdi. Bundan hamma xursand, men, oilam va doʻstlarim ham. Yangi kuch-quvvatga toʻlib kelganman, - dedi Neymar.

Neymar “Santos” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va bu jamoa tarkibida 2009-2013 yillar davomida 225 ta uchrashuvda 136 ta gol va 64 ta assist muallifi boʻlgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar Saudiya Arabistonidan ketishiga sabab boʻlgan haqiqatni aytdi