23:28 / 02.02.2025
85

Abduqodir Husanovsiz oʻynagan "Manchester Siti"ga 5ta gol "eb qoʻydi"

Abduqodir Husanovsiz oʻynagan "Manchester Siti"ga 5ta gol "eb qoʻydi"
Angliya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Arsenal» o‘z maydonida «Manchester Siti» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Edeger, Parti, Lyuis-Skelli, Haverts va Nvanerining gollariga Holand bir bor javob berdi.

Mehmonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

E’tiborlisi, Gvardiola qatorasiga 5-o‘yinda shogirdi Artetani mag‘lub etolmadi.

London klubi ochkolarini 50 taga yetkazib, 2-o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Liverpul»ni (56) ta’qib qilishda davom etmoqda. «Siti» 41 ochko bilan 4-pog‘onada qoldi.

"Arsenal" – "Manchester Siti" 5:1
2 fevral, 21:30 | "Emireyts"
Gollar: 1:0 – 2 Edegor, 1:1 – 55 Xoland, 2:1 – 56 Parti, 3:1 – 62 Lyuis-Skelli, 4:1 - 76 Xaverts, 5:1 – 90+3 Nvaneri.
Arsenal – Rayya, Gabriel, Saliba, Lyuis-Skelli, Timber, Rays, Parti, Edegor (Merino, 84), Trossard (Nvaneri, 84), Xaverts, Martinelli.
Manchester Siti – Ortega, Gvardiol, Stounz, Akandji, Mateush Nunesh, Kovachich, Bernardu Silva, Savio, Marmush (de Bryuyne, 72), Foden (Makati, 72), Xoland.
Ogohlantirish: Timber (25), Edegor (71).

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport