08:59 / 03.02.2025
170

Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan oʻyinda "Roma" magʻlubiyatdan qutulib qoldi

Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan oʻyinda "Roma" magʻlubiyatdan qutulib qoldi
A Seriyaning 23-turida "Roma" "Napoli"ni oʻz maydonida qabul qildi.

Dastlab, Spinastsola hisobni ochgan boʻlsa, 90+2-daqiqada Anxelino imkoniyatlarni tenglashtirib qoʻydi. Shomurodov esa asosiy tarkibda maydonga tushib, 80-daqiqa harakat qildi.

Shu tariqa, rimliklar turnir jadvalida 9-oʻringa yana koʻtarilib olishdi. Neapol klubi esa hamon peshqadam.

"Roma" – "Napoli" 1:1
00:45, 2 fevral
Gollar: Spinastsola (29), Anxelino (90+2).
Roma – Svilar, Anxelino, Ndika, Manchini, Rensx (Baldantsi, 80), Pizilli, Kristante (Dovbik, 64), Kone (Paredes, 56), El-Shaaravi (Salemakers, 55), Shomurodov (Dibala, 80), Soule.
Napoli – Meret, Spinastsola, Jezus, Rraxmani, Di Lorentso, Maktominey, Lobotka, Zambo-Angissa, Neres (Mastsokki, 76), Lukaku (Simeone, 81), Politano.
Ogohlantirish: Politano (14), Kone (51), Pizilli (72).

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport