12:25 / 04.02.2025
346

Ronaldu kimni "dunyodagi eng yaxshi futbolchi" deb bilishini aytdi

Ronaldu kimni "dunyodagi eng yaxshi futbolchi" deb bilishini aytdi
Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nega oʻzini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb bilishini va nima uchun argentinalik futbolchilar Lionel Messi va Diego Maradona undan keyin tilga olinishi kerak ekanini tushuntirdi.

“Odamlarga Messi, Pele yoki Maradona yoqishi mumkin, va men buni hurmat qilaman, lekin men ulardan koʻra mukammalroq futbolchiman. Men tarixdagi eng yaxshi oʻyinchiman. Men oʻzimdan yaxshisini koʻrmaganman… Men bosh bilan yaxshi zarba yoʻllayman, jarima zarbalarini yaxshi bajara olaman, tez harakat qilaman, jismonan kuchliman va baland sakray olaman”, dedi Ronaldu La Sexta nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Ronaldu besh karra Chempionlar Ligasi gʻolibi boʻlgan. Bundan tahqari, u besh marta “Oltin toʻp” sovrinini qoʻlga kiritgan. Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan 2016 yilda Evropa chempioni va 2019 yilda UYeFA Millatlar Ligasi gʻolibi boʻlgan.

Osiyo Chempionlar Ligasi 7-tur doirasida Saudiya Arabistonida “An-Nassr” va “Al-Vasl” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etib, faoliyatidagi gollari sonini 923 taga etkazdi. Ushbu gʻalabadan soʻng “An-Nassr” 16 ochko bilan 3-oʻrinda, “Al-Vasl” esa 11 ochko bilan 5-oʻrinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport