Elit OChLning 7-turida "Paxtakor" "Al-Garafa" mehmoni boʻlib, 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Uchrashuvdagi yagona gol 39-daqiqada Sassi tomonidan urildi. Brahimi tomonidan berilgan pasni yarim himoyachi darvozaga joylab qoʻydi.
"Paxtakor" esa oʻyinni birorta aniq zarba bermagan holda yakunladi. Endi "sherlar" pley-offga chiqish uchun soʻnggi turda Toshkentda "Al Sadd"ni engishi va qolgan oʻyinlarga qarab oʻtirishi kerak boʻladi.
Shu tariqa, "sherlar"da pley-offga chiqish imkoni kamayib ketdi.
Elit OChL
7-tur
04.02.2025, 21:00
"Tani Bin Jassim stedium", Qatar
"Al Garafa" - "Paxtakor" 1:0
Gollar: F.Sassi 39
"Al Garafa": 15.Serxio Riko, 2.Abdulloh Yusuf, 8.Yasin Braimi (26.Rabeh Bussafi, 90+3), 9.Xoselu (3.Muhammad Muntari, 90+3), 24.Aron Gunnarsson, 29.Fabrisio Diaz, 31.Ferjani Sassi, 32.Matias German Nani, 42.Seydu Sano, 80.Ahmed Al Ganehi (11.Yohan Boli, 80), 99.Jamal Hamed Mayor.
Zaxira: 18.Xalifa Ababakar, 40.Klaude Amine Lekomt, 12.Hamid Ismoil Xalifa, 17.Amro Surag, 21.Saifeldin Hassan Fadlalla, 23.Assim Madibo, 25.Ibrahim Tamer Xolid, 44.Yasir Hamid, 71.Jassim Al Zarra.
"Paxtakor": 19.Jonatan Luiz, 4.Abdulla Abdullayev, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 17.Doston Hamdamov (99.Ulugʻbek Hoshimov, 85), 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Boʻriyev (8.Diyor Xolmatov, 68), 37.Igor Sergeyev (94.Brayan Riaskos, 68), 45.Bashar Resan (30.Otabek Joʻraqoʻziyev, 68), 47.Jonatan Lukka, 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
Zaxira: 1.Nikita Shevchenko, 12.Vladimir Nazarov, 3.Shahzod Azmiddinov, 9.Ibrohim Ibragimov, 15.Diyorbek Ortiqboyev, 31.Muhammadali Usmonov, 44.Mahmudjon Mahamadjonov, 77.Dilshod Saitov.
Ogohlantirishlar: S.Sano 21, F.Sassi 28, Xoselu 52, M.Nani 74, F.Diaz 90+2 - B.Resan 24. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar