Marselo 37 yoshida faoliyatiga nuqta qoʻydi

Marselo 37 yoshida faoliyatiga nuqta qoʻydi
Braziliyalik mashhur futbolchi Marselo 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

U uzoq yillar davomida "Real Madrid" jamoasida oʻynab, muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan. Marselo faoliyatining ilk yillari (2005—2006) va soʻnggi mavsumini (2023—2024) "Fluminense"da oʻtkazdi. 2007—2022-yillarda esa Madrid klubida asosiy himoyachilardan biri boʻlib, jamoa bilan koʻplab sovrinlar yutdi. 2022/23-mavsumda Gretsiyaning "Olimpiakos" klubida ham toʻp surdi.

Marselo oʻz faoliyati davomida jami 31 ta sovrin qoʻlga kiritdi va oʻz avlodining eng muvaffaqiyatli futbolchilaridan biri sifatida tarixda qoldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar