09:35 / 07.02.2025
163

“Roma” Evropa Ligasida Shomurodovdan yana qahramonlik kutadi

“Roma” Evropa Ligasida Shomurodovdan yana qahramonlik kutadi
Rim klubi xalqaro turnir – Evropa Ligasidagi yurishini davom ettiradi. “Roma” yangi formatda oʻtkazilayotgan nufuzli musobaqaning umumiy bosqichidagi oxirgi uchrashuvda “Ayntraxt”ni 2:0 hisobida magʻlub etish evaziga pley-off bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.

Bundesliga vakiliga qarshi oʻtkazilgan bahsda Eldor Shomurodov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilib, amalda oʻyin gʻolibi taqdirini hal qilgan edi.

UYeFA qoidasiga koʻra, pley-offning oʻtish oʻyinlarida ishtirok etadigan jamoalar musobaqaga jalb qilinadigan oʻyinchilarni qaydnomadan oʻtkazdi, deb yozadi Sports.uz nashri.

Qishki transferlar davrida “Roma” safida muayyan oʻzgarishlar roʻy bergan edi. Shu bois, bosh murabbiy Klaudio Raneri Evropa Ligasida ishtirok etadigan umumiy tarkibga ayrim tuzatishlar kiritishiga toʻgʻri keldi.

Unga koʻra, klubni tark etib, boshqa jamoalarga oʻtib ketgan darvozabon Metya Rayan, yarim himoyachilar – Mario Ermoso, Entso Le Fe, Nikolo Zalevski ishtirokchilar qatoridan chiqarildi.

Rim klubi murabbiylar shtabi yangi olingan oʻyinchilardan qaydnomaga darvozabon Perluiji Gollini, himoyachi Devayn Rensh va Viktor Nelssonni qoʻshdi. Mazkur uch nafar futbolchi jamoasining zahira roʻyxatidan joy oldi.

“Roma” UYeFAga taqdim qilgan umumiy roʻyxat quyidagicha koʻrinish oldi:

Darvozabonlar:

95 Perluidji Gollini,
99 Svilar Mile,
70 De Martsi Jorjio (B roʻyxat),
89 Marin Renato (B roʻyxat).

Himoyachilar:

2 Devayn Rensh,
3 Anjelino,
5 Ndika Evan,
12 Abdulhamid Saud,
15 Xummels Mats,
19 Chelik Zeki,
23 Manchini Janluka,
25 Viktor Nelsson,
66 Sangare Traore Abubakar.

Yarim himoyachilar:

4 Kristante Brayan,
7 Pellegrini Lorentso,
16 Paredes Leandro,
17 Kone Kuadio,
35 Baldantsi Tommazo,
56 Saelemakers Aleksis,
61 Pizilli Nikolo (B roʻyxat).

Hujumchilar:

11 Dovbik Artem,
14 Shomurodov Eldor,
18 Sule Matias,
21 Dibala Paulo,
92 El-Shaaravi Stefan.

“Roma” futbolchilari ikki uchrashuvdan iborat pley-off oʻtish bosqichida Portugaliyaning eng kuchli klublaridan hisoblangan “Portu” bilan raqobatlashadi. Dastlabki uchrashuv 13 fevral kuni raqib maydonida boʻladi. Rimdagi javob bahsi 20 fevralga belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda barcha turnirlarda 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va bitta assist muallifi boʻldi. Shundan beshta oʻyin va bitta gol Evropa Ligasiga toʻgʻri keldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma” Evropa Ligasida Shomurodovdan yana qahramonlik kutadi