13:20 / 07.02.2025
3 539

"JCh-2026" saralashi. Oʻzbekiston - Qirgʻiz Respublikasi oʻyini vaqti oʻzgardi

"JCh-2026" saralashi. Oʻzbekiston - Qirgʻiz Respublikasi oʻyini vaqti oʻzgardi
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston terma jamoasi mart oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Qirgʻiz Respublikasi va Eron bilan bellashadi.

Dastlab, "oq boʻrilar" 20 mart kuni Toshkentda Qirgʻiz Respublikasini qabul qiladi. Bunyodkor" stadionida boʻlib oʻtadigan uchrashuv vaqti oʻzgardi. Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi uchrashuv vaqtini oʻzgartirish boʻyicha OFKga soʻrov yubordi. Soʻrov qanoatlantirilib, oʻyin 20 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15 ga koʻchirildi.

Eslatib oʻtamiz, vakillarimiz 8-turda esa safarda Eron bilan bellashadi. Bu qarama-qarshilik vaqti esa hozircha no'malum. Oʻzbekiston MTJ 6-turdan soʻng 13 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. 16 ochkosi bor Eron esa etakchi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport