19:10 / 07.02.2025
446

Bahodir Jalolov Aleksandr Usikni jangga chaqirdi

Bahodir Jalolov Aleksandr Usikni jangga chaqirdi
Oʻzbekistonlik taniqli bokschi, ikki karra olimpiya chempioni Bahodir Jalolov, oʻzining professional boksdagi kelajak rejalarini oshkor qildi. 14 ta gʻalaba (barchasi nokaut bilan) qayd etgan Jalolov faqat jahon chempionlariga qarshi jang qilish istagini bildirdi. Bu haqda The Ring nashri xabar berdi.

Jalolovning aytishicha, u ukrainalik Aleksandr Usik kabi yirik chempionlarga qarshi ringga chiqishga tayyor:
"Mening maqsadim – faqat chempionlar bilan jang qilish. Boshqa variantlarni oʻylamayman."

Oʻzbek bokschisi 2-3 oylik tayyorgarlikdan keyin Usik bilan jangga tayyorligini ta'kidladi. U, shuningdek, Entoni Joshua bilan ham kuch sinashishni istayotganini bildirdi. Bahodirning fikriga koʻra, bu uch bokschi olimpiya chempionlari boʻlib, professional boksda ham katta yutuqlarga erishgan.

Eslatib oʻtamiz, Bahodir Jalolovning 6-fevral kuni kanadalik Monreal shahrida frantsuz bokschisi David Spilmont bilan oʻtkazishi kerak boʻlgan jangi uning sogʻligʻidagi muammolar sabab bekor qilingan edi. Spilmont professional boksda 16 gʻalaba, 8 magʻlubiyat va 1 durang natijaga ega boʻlib, 11 marta nokaut bilan gʻalaba qozongan.

Jalolovning keyingi jangi qachon va kimga qarshi boʻlishi hozircha noma'lum. Biroq, uning soʻzlariga koʻra, u faqat chempionlik jangiga e'tibor qaratmoqchi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov Aleksandr Usikni jangga chaqirdi