
"Al-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionatining 19-turida "Al-Fayha"ni 3:0 hisobida magʻlub etdi, deb xabar bermoqda Vesti.kz.
Jamoaning yangi futbolchisi Jon Duran (22-daqiqa, 72-daqiqa) dubl qayd etdi, uchinchi gol esa Krishtianu Ronaldu tomonidan 74-daqiqada urildi.
Bu gol Ronalduning professional faoliyatidagi 924-goli boʻlib, shundan 789 tasi klub darajasida, 135 tasi esa Portugaliya terma jamoasi safida kiritilgan.
Ronaldu hozirgi mavsumda 18 ta oʻyinda 16 gol va 3 assist qayd etgan.
Turnir jadvali:
? "Al-Nasr" – 41 ochko bilan 3-oʻrinda
? "Al-Fayha" – 16 ochko bilan 14-oʻrinda
Ronaldu 2023-yildan beri "Al-Nasr" sharafini himoya qilmoqda, uning jamoa bilan shartnomasi 2024-yil 30-iyunda yakunlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar