![Abduqodir Husanov "Leyton Oriyent"ga qarshi qanday oʻynadi? (Video)](/uploads/posts/2025-02/87e37a6548_2f9c163c40bd97db.webp)
Angliya Kubogi 1/16 final bosqichida "Manchester Siti" safarda "Leyton Oriyent" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Mezbonlar uchrashuvda hisobni birinchi boʻlib ochishdi, biroq yakunda "shaharliklar" gʻalabani qoʻlga kiritishdi.
Oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov ikkinchi boʻlim boshida zaxiradan maydonga tushdi va 56-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Riko Lyuisning zarbasi Husanovning elkasiga tegib, toʻp darvozaga yoʻnaldi.
79-daqiqada esa Jek Grilishning ajoyib uzatmasidan soʻng Kevin De Bryuyne gʻalaba golini urib, "Manchester Siti"ni keyingi bosqichga olib chiqdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar