Real Sosyedad va Espanol oʻyini uchun asosiy tarkiblar e'lon qilindi

Real Sosyedad va Espanol oʻyini uchun asosiy tarkiblar e'lon qilindi
La Liga doirasida bugun kechasi boʻlib oʻtadigan "Real Sosyedad" va "Espanol" jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv uchun asosiy tarkiblar e'lon qilindi. Har ikkala jamoa 4-4-2 sxemacida maydonga tushadi.

"Real Sosyedad" safida asosiy tarkibdan joy olgan futbolchilar orasida darvozabon Remiro, himoyachilar Aramburu, Elustondo, Aguar va Loles bor. Yarim himoyada Sufimendi, Marin, Suchich va Martin maydonga tushadi. Hujum chizigʻida esa Bekker va Ouskarsson harakat qiladi.

"Espanol" esa tarkibni Garsiya darvozada, Kalero, Kabrera, Kumbulla va El-Xilali himoyada, A. Roka, Kral, Lozano va Eksposito yarim himoyada, Puado va Fernandes esa hujumda boshlaydi.

Oʻyin "Anoeta" stadionida boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar