23:07 / 10.02.2025
792

Gvardiola "Real" hujum chizigʻining kuchi haqida fikr bildirdi

Gvardiola "Real" hujum chizigʻining kuchi haqida fikr bildirdi
"Manchester Siti" UYeFA Chempionlar ligasi nimchorak finaliga chiqish uchun "Real" bilan pley-off bahsida ishtirok etadi. Birinchi oʻyin ertaga "Etixad" stadionida boʻlib oʻtadi.

"Shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola "Real" hujum chizigʻi vakillarining oʻyiniga yuqori baho berdi.

"90, 120 yoki 200 daqiqa davomida "Real" hujum chizigʻidagilarni nazorat qilib boʻlmaydi. Ularning oʻzaro tushunib harakatlanishi, toʻpsiz oʻyini, birga-bir vaziyatdagi ishlari, toʻpni ushlashi...

Mbappe, Bellingem, Vinisius va Rodrigo juda kuchli futbolchilar. Buni hamma biladi, shunday ekan biz bu yigitlarning ta'sirini kamaytirishga urinib koʻramiz" - deya fikr bildirdi Gvardiola.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport