07:59 / 12.02.2025
864

Ueyn Runi “Manchester Siti”ning “Real”ga yutqazish sababini aytib berdi

Ueyn Runi “Manchester Siti”ning “Real”ga yutqazish sababini aytib berdi
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi Evropa Chempionlar ligasi pley-offining birinchi uchrashuvida “Real”ga yutqazgan “Manchester Siti”ning asosiy kamchiligini aytdi.

Ma'lumki, “shaharliklar” bellashuv davomida ikki marotaba hisobda oldinda borganiga qaramay, yakunda oʻz muxlislari koʻz oʻngida magʻlubiyatni qabul qilib olishga majbur boʻldi.

-“Manchester Siti” juda sodda koʻrindi, ayniqsa, uchrashuvning oxirida bu yaqqol bilinib qoldi. Futbolchilar bir biriga moʻltirab qarar, oʻzaro ishonch deyarli yoʻq edi. Oʻylashimcha, aynan mana shu holat Xosep Gvardiolani oʻylantirib qoʻydi, - dedi Ueyn Runi.

Endi ushbu qarama-qarshilikning javob oʻyini Madrid shahrida boʻladi. “Real” futbolchilari Xosep Gvardiola shogirdlarini 19 fevral kuni maydonda kutib oladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport